Bir oylik chaqalog`i bilan qiyin ahvolda qolgan yurtdoshimiz Vatanga qaytarildi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum bo`lishicha, o`zbekistonlik fuqaro O.J. joriy yilning may oyida ishlash maqsadida Rossiya Federasiyasiga turmush o`rtog`ining yoniga borgan hamda iyun oyida qiz farzandli bo`lgan.
Biroq noma`lum sabablarga ko`ra O.J.ning umr yo`ldoshi hibsga olingan. Bir oylik chaqalog`i bilan og`ir moliyaviy ahvolga tushib qolgan vatandoshimiz O.J. Agentlikning Ekaterinburgdagi vakilligiga murojaat qilgan.
Holat o`rganilib, yurtdoshimiz Ekaterinburgdagi "Kolsovo" xalqaro aeroporti orqali Ekaterinburg-Toshkent aviareysi bilan Vatanga qaytarildi.






