AsosiyJamiyat

Bugun soat 00:00 dan 08:00 ga qadar Toshkentning qator hududlari “ svet”siz qoladi

'Bugun soat 00:00 dan 08:00 ga qadar Toshkentning qator hududlari “ svet”siz qoladi'ning rasmi

Ta`mirlash ishlari tufayli Toshkentdagi 3 ta tumanning ayrim ko`chalarida soat 00:00 dan 08:00 ga qadar elektr ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Toshkent shahridagi elektr energiyasi iste`molchilarini barqaror elektr energiyasi bilan ta`minlash hamda vujudga kelishi mumkin bo`lgan avariyaviy holatlarni oldini olish maqsadida joriy yilning 13 iyul kuni Olmazor, Yunusobod va Mirzo Ulug`bek tumanlarining ayrim ko`chalarida elektr ta`minotida vaqtincha uzilishlar kuzatiladi.

Xususan, Mirzo Ulug`bek tumanidagi “Yalang`och” podstansiyasidagi quvvati 10000 kVA bo`lgan kuch transformatorini 16000 kVA quvvatlisiga almashtirish ishlari olib borilishi sababli “Yalang`och”, “Katta yalang`och”, “Ahmad Yugnakiy”, “Traktorsozlar”, “Azamat”, “Humoyun” MFYlari hamda “TTZ-1", 2-, 3- va 4-mavzelaridagi iste`molchilar 00:00 dan soat 05:00 ga qadar;

Olmazor hamda Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta`minlovchi 110 kV bo`lgan elektr uzatish kabel tarmog`ida montaj ishlari olib borilishi hamda ushbu ishlarni xavfsiz bajarish maqsadida soat tonggi 00:00 dan 08:00 ga qadar:

Olmazor tumani: “Ibrohim ota”, “Chuqursoy”, “Ahil”, “Moyariq” MFYlarida aholi xonadonlari hamda Jome mavzesining tadbirkorlik subektlari;

Yunusobod tumani: “Hasanboy”, “Katta Hasanboy”, “Sharq haqiqati”, “Turkiston”, “Yo`lariq”, “Akbarobod”, “Tiklanish”, “Astrobod”, “Hamkorobod”, “Islomobod”,  “Sobirobod”, “Nurmakon”, “Mingchinor” MFYlarining qisman ko`chalari va Issiqlik markazi vaqtinchalik elektr ta`minotidan ajratiladi.

“O`z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta`mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o`tamiz.

Elektr ta`minotidagi mazkur vaqtinchalik uzilishlar tufayli etkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste`molchilardan uzr so`raymiz”, - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar