Qozog`iston prezidenti Qosim-Jomart Tokaev pullik kontent joylashtirgan blogerlar va internet-resurs egalari faoliyatini tartibga soluvchi “Onlayn platformalar va onlayn reklama to`g`risida”gi qonunni imzoladi.
Blogerlar pullik kontentni boshqa nashrlardan ajratib ko`rsatish uchun reklama yorlig`i qo`yishi va tegishli qonun hujjatlariga muvofiq bunday postlar uchun soliq to`lashi talab qilinadi.
Yangi qonun onlayn platformalar egalari uchun keng ko`lamli majburiyatlarni belgilagan.
Internet-resurs egalari onlayn platformalar faoliyatini nazorat qiluvchi davlat organlari bilan yaqindan hamkorlik qilishi kerak. Kuniga o`rtacha 100 mingdan ortiq qozog`istonlik foydalanuvchi tashrif buyuradigan saytlar esa mamlakatda o`z vakilini tayinlashi shart.
Onlayn platformalar egalari ham o`z resurslariga davlat tilini integrasiyalashlari, ya`ni istalgan kontentni qozoq tiliga avtomatik tarzda tarjima qilish imkoniyatini yaratishlari kerak.
Eslatib o`tamiz, “Onlayn platformalar va onlayn reklama to`g`risida”gi qonun OAV tomonidan 10 iyul kuni e`lon qilingan, u 60 kun o`tgach kuchga kiradi.
Ushbu qonundan tashqari, Tokaev amaldagi qonunchilikka bir qator tuzatishlarni imzolagan. Shunday qilib, Qozog`istonda yolg`on ma`lumotlarni joylash va tarqatish uchun ma`muriy jarimalar joriy etiladi.
Bundan tashqari, onlayn platformalarga yolg`on ma`lumotlarni jalb qilgan shaxslar uchun pul jazosi nazarda tutilgan.






