Qashqadaryoda somon ortilgan "Kamaz" yonib ketdi. Bu haqda Qashqadaryo FVB Matbuot xizmati xabar berdi.
Holat 12 iyul kuni soat 17:24 larda Qarshi tumani "Taxtapul"MFY hududidan o`tgan yo`lda sodir bo`lgan.
Voqea joyiga 2 ta yong`in qutqaruv-bo`linmasi jalb qilinib, yong`inga soat 17:54 larda to`liq o`chirilgan. Yong`in oqibatida yuk mashinasi qisman zararlangan, yukxonasiga ortilgan somon bog`lami yongan.
Aniqlanishicha, yuk mashinasi Koson tumani «Shirinobod» MFYda yashovchi fuqaro S.X boshqaruvida bo`lgan, yong`in oqibatida tan jarohati olganlar yo`q.
Hozirda yong`in sababi va zarari aniqlanmoqda.






