Ertaga, 14 iyul kuni poytaxt Toshkentning bir nechta mahallalari elektr energiyasidan uzib qo`yiladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Toshkent shahar filiali Matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko`ra, iste`molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi etkazib berilishini ta`minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko`rish maqsadida quyidagi manzillarda elektr ta`minoti vaqtincha o`chiriladi:
- Olmazor tumani: “Na`muna” MFYning ayrim ko`chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
- Yashnobod tumani: “Bahor” MFYning ayrim ko`chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
- Chilonzor tumani: “Xayrobod” MFYning ayrim ko`chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
“O`z navbatida yuqoridagi hududlarda ta`mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o`tamiz”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta`mirlash ishlari tufayli elektr ta`minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli etkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi aholidan uzr so`ragan.






