AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda agentlik rahbari o`z xodimini jag`ini urib sindirgani aytilmoqda

'Qashqadaryoda agentlik rahbari o`z xodimini jag`ini urib sindirgani aytilmoqda'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati Yoshlar ishlari agentligi Qarshi shahar bo`limi rahbari o`z xodimini urib, jag`ini sindirgani aytilmoqda. 

Ma`lum bo`lishicha, xodimning jag` qismidan jarrohlik amaliyoti amalga oshirilgan. Shu tufayli u voqeani so`zlab berolmadi. Ammo uning onasi holatni tushuntirishga urindi. Unga ko`ra, rahbar topshiriqlarni so`ragan. O`g`li bajarganini aytib, telefonida ko`rsatayotgan vaqtida boshlig`i jag`iga urgan. 

“Jag` suyagi yorilib ketgan. Bu insonning bolasimi? O`g`limning ahvoli hozir qoniqarli. Ertalab soat 10:00 larda jag`ini tikdik. Hozir ochilmaydi, gapirolmaydi. Og`ziga suv tomizib o`tiribmiz”, — deydi ayol. 

Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig`ining ta`kidlashicha, yig`ilish vaqtida rahbar va xodim o`rtasida o`zaro hurmasizlik bo`lgan. Rahbarga nisbatan xodim hurmasizlik qilgan. Yig`ilishdan so`ng xonada ularning ikkisi qolgan, shu sababli holat bo`yicha aniq ma`lumot yo`q.

    Boshqa yangiliklar