AsosiyJamiyat

Ertaga Prezident maktablari imtihonlarining birinchi bosqichi boshlanadi

'Ertaga Prezident maktablari imtihonlarining birinchi bosqichi boshlanadi'ning rasmi

Ertaga Prezident maktablari imtihonlarining birinchi bosqichi boshlanadi. Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan ta`lim muasasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo`rabek Jangirov ma`lum qildi.

Hududlar kesimida bir o`ringa qabul qilingan hujjatlar bo`yicha eng yuqori ko`rsatkich Andijon viloyatida 267 ta, Farg`ona viloyatida 229 taga to`g`ri kelayotgan bo`lsa, bir o`ringa qabul qilingan hujjatlar bo`yicha eng past ko`rsatkich Sirdaryo viloyatida 80 ta, Navoiy viloyatida 74 taga to`g`ri kelmoqda.

Prezident maktablarining birinchi bosqich imtihonlari joriy yilning 15 iyul kuni 3 smenada: 1-smena soat 08.00da, 2-smena 12.00da hamda 3-smena 17.00da bo`lib o`tadi.  

Bunda, talabgorlar 1 soat vaqt davomida Matematika fanidan 30 ta test topshiriqlarini bajarishi lozim.  

 Imtihon joyi va boshqa zaruriy ma`lumotlar talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma tarzida yuborildi.  

Talabgorlar imtihon boshlanishidan 1 yarim soat oldin tug`ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan imtihon bo`lib o`tadigan joyga kelishlari kerak.

    Boshqa yangiliklar