Iyul oyidan boshlab, "Toshshahartransxizmat" AJ tarkibidagi avtobus saroylari tomonidan xizmat ko`rsatilayotgan 17t, 20, 73, 86, 98, 101, 146, 140 130,129, 116, 82, 68, 63, 61, 55, 52, 45, 43, 41, 39, 9t, 8, 125, 151, 133, 138, 153, 154, 181, 183, 104-sonli poytaxt bo`ylab harakatlanuvchi avtobus yo`nalishlarida xizmat ko`rsatish yangi turdagi brutto shartnoma asosida tashkil etilmoqda. Bu haqda «Toshshahartransxizmat»ning xabar berdi.
Bu O`zbekiston prezidentining 2023 yil 16 fevraldagi "Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to`g`risida"gi qaroriga asosan amalga oshirilgan.
Ma`lumot uchun, brutto-shartnomalar — bu yo`lovchi tashishni tashkil etish modeli bo`lib, unda barcha tushumlar shahar byudjetining maxsus hisob raqamiga o`tkaziladi va shahar ma`muriyati yo`lovchi tashuvchiga yo`nalishlar bo`yicha to`lovlarni bajarilgan ish hajmidan kelib chiqib, sifat nazorati ostida o`tkazib beradi.






