AsosiyJinoyat

Farg`onada “Telegram” orqali o`zgani pulini o`zlashtirib kelgan firibgar qo`lga olindi

'Farg`onada “Telegram” orqali o`zgani pulini o`zlashtirib kelgan firibgar qo`lga olindi'ning rasmi

Qoraqalpog`iston Respublikasi, Nukus tumanida yashovchi 32 yoshli J.J. murojaat qilib, o`ziga tegishli bo`lgan bank kartasidan “noma`lum shaxs” tomonidan 2.000.000 so`m miqdoridagi pul mablag`lari firibgarlik yo`li bilan echib olinganligini ma`lum qilgan.   

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo`linmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Farg`ona viloyati, Buvayda tumanida yashovchi 21 yoshli M.M. sodir etganligi aniqlandi. Bu haqda IIV Tezkor-qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan M.M., J.J.ga o`zini “Telegram” messenjeridagi “Telefon Bozor” guruhining admini sifatida tanishtirgan holda, 2.000.000 so`m boshlang`ich to`lov evaziga qolgan pulini 6 oyga 166.000 so`mdan bo`lib to`lashga berishini aytib, J.J.ning bank kartasidan 2.000.000 so`m pullarni o`tkazdirib olib, qora ro`yxatga kirgazib qo`yganligi ma`lum bo`ldi.

Mazkur holat yuzasidan M.M.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, u bilan o`tkazilgan “So`rov” tezkor-qidiruv tadbiri davomida o`z aybiga iqror bo`lib, etkazilgan moddiy zarar to`liq qoplandi.

Qonunga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

 

    Boshqa yangiliklar