Qon bosimingiz yuqorimi? Dorivor o`simliklarni xizmatga chaqiring!

Salomatlik 17.10.2016, 09:53
Teglar: Salomatlik
Qon bosimingiz yuqorimi? Dorivor o`simliklarni xizmatga chaqiring!

Gulhamishabahor (kalendula)

Ushbu o`simlik yallig`lanishga qarshi vosita sifatida xalq tabobatida keng qo`llaniladi. Ammo ko`pchilik uning yurak-qon tomir tizimi faoliyatiga ham ijobiy ta`sir ko`rsatishini bilmaydi. Demak, yuqori qon bosimi bezovta qilayotgan bo`lsa, 1 osh qoshiq gulhamishabahor gullarini bir piyola qaynoq suvda tindiring. Bir soatdan so`ng 100 ml.dan kuniga 3 mahal iching.

Shivit

Biz doim salat va taomlarga qo`shib iste`mol qiladiganmiz shivit, qarangki, nafaqat qon bosimini tushuradi, balki uni bir me`yorda ushlab turishga ham ko`maklashar ekan. Buning uchun 1 osh qoshiq shivit urug`ini 1 stakan qaynoq suvda damlab qo`yish lozim. Iliq damlamani kuniga 3-4 mahal ichish tavsiya etiladi.

Boshpiyoz

Piyoz ham yuqori qon bosimi, tromboz, skleroz xastaliklaridan aziyat chekayotgan bemorlar uchun foydali sanaladi. Tarkibidagi efir moylari va S, V1 darmondorilari xolesterin sintezini kamaytirib, yurak xastaliklarining oldini oladi. Yuragi bezovta qilayotgan kishilar kuni 2 dona piyozni salatlar va taomlarga qo`shib tanovul qilishlari lozim.

Limono`t

Yorqin limon hidiga ega o`simlik tarkibidagi efir moylari, vitamin S, flavonoidlar, oshlovchi va boshqa moddalar yurak faoliyatining yaxshilanishiga yordam beradi. Abu Ali Ibn Sino limono`t o`simligini yurak va oshqozon faoliyatini yaxshilash uchun ishlatgan. Shuning uchun ham o`simlikdan tayyorlangan dorivor preparatlar (efir moyi, damlama) tibbiyotda gipertoniya kasalligini davolash uchun tavsiya etiladi. Damlama tayyorlash uchun 8 choy qoshiq maydalangan limono`t bargini 0,5 litr qaynagan suvda damlab qo`yiladi. So`ng kuniga 4 mahal ovqatdan oldin, 0,5 piyoladan ichib turish tavsiya etiladi.

Kashnich urug`i

Kashnich urug`i qo`shilgan choy yurak qattiq urganida, chanqoqni tezda bosish va qayt qilishni to`xtatish uchun ichilgan. 1 choy qoshiq kashnich urug`i 0,5 litr suvga solib, 5-7 daqiqa qaynatiladi, so`ng ustiga 1 choy qoshiq qora choy solib, xona haroratida sovutiladi, dokadan o`tkazib vaqti vaqti bilan ichib turilsa, qon bosimini me`yorlashtiradi.

Do`lana

Qadim zamonlardan yurak qon-tomir xastaliklarini davolashda keng qo`llaniladigan bu o`simlik ayniqsa taxikardiyada foydali hisoblanadi. Qon bosimini tushirish uchun esa na`matakning quritib maydalangan guli yoki mevasidan 1 osh qoshg`ini 300 ml. qaynoq suvda damlab, 1 soatga tindirib qo`yiladi. Sovutib, yarim stakandan kuniga 3 mahal ichish tavsiya etiladi. 

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1