Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov Turkmanistonning O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Yazguli Mammedovni lavozimidan ozod etdi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar qildi.
Agentlikning «Turkmenistan segodnya» davlat axborot agentligiga tayanib xabar berishicha, davlat rahbari elchini «boshqa ishga o`tganligi munosabati bilan» ishdan bo`shatgan.
Eslatib o`tamiz, Yazguli Mammedov 2018 yil iyul oyida O`zbekistondagi elchi etib tayinlangan edi. Bungacha u Turkmanistonning Malayziya, Bruney-Dorussalom Davlati, Indoneziya va Tailanddagi elchisi lavozimlarida ishlagan. Yazguli Mammedov 2012-2018 yillarda Turkmanistonning Toshkentdagi diplomatik vakolatxonasini boshqargan Shiri Shirievni almashtirgan.






