AsosiyJamiyat

Zominda joylashgan tog` bag`rida yong`in sodir bo`ldi

'Zominda joylashgan tog` bag`rida yong`in sodir bo`ldi'ning rasmi

Jizzaxning Zomin tumanida joylashgan tog` bag`rida katta yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Aytilishicha, bugun, 15 iyul kuni soat 14:00 larda Zomin tumani “Duoba” QFY “O`rikli” qishlog`i hududidagi tog` bag`rida yong`in chiqqan. Yong`inni o`chirish uchun 2 ta yong`in-qutqaruv ekipajlari soat 14:20 larda yong`in joyiga etib borib, soat 15:08 da batamom o`chirilgan.

“Yong`in oqibatida tog` bag`rida taxminan 50 sotix maydonda quruq xaslar yongan. Tan jaroxati olgan va halok bo`lganlar yo`q. Hozirda yong`inning sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.

Yong`ini o`chirishga Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan 100 ga yaqin shaxsiy tarkib, Ichki ishlar boshqarmasi, Milliy Gvardiya hamda O`rmon xo`jaligi xodimlari jalb etilgan.

    Boshqa yangiliklar