Kecha, 15 iyul kuni Jizzax viloyatining “Jizzax Nur” va Sirdaryo viloyatining “Guliston” jamoalari o`rtasida Toshkent shahrida o`tkazilishi rejalashtirilgan uchrashuvga ketayotgan 27 yoshli futzalchi Jasur Abdulakimov boshqaruvida bo`lgan Cobalt avtomobili va Gentra ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan.
Hodisa oqibatida avtomobil salonida bo`lgan 27 yoshli Jasur Abdulakimov va Shahzod Siddiqov vafot etgan. Shuningdek, ular bilan birga mashinada bo`lgan jamoadoshi 18 yoshli Davlat Ibragimov olgan tan jarohatlari bilan viloyat shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borilgan. Hozirda uning axvoli o`ta og`irligi aytilmoqda.
Mazkur YTHdagi ikkinchi ishtirokchi mashina va uning yo`lovchilari haqida hech qanday ma`lumot yo`q.






