Statistika agentligi ma`lumotlariga ko`ra, 2023 yil 1 iyul holatiga respublikamizda faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 12 742 tani tashkil etgan.
Xorijiy kapital ishtirokida eng ko`p faoliyat ko`rsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:
— Rossiya – 2 869 ta
— Xitoy – 1 860 ta
— Turkiya – 1 741 ta
— Qozog`iston – 950 ta
— Janubiy Koreya – 695 ta
— AQSh – 300 ta
— Qirg`iz R. – 245 ta
— Tojikiston – 244 ta
— Ozarbayjon – 204 ta
— Germaniya – 196 ta
— Turkmaniston – 138 ta






