AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda Qizil kitobga kiritilgan 753 tup tojik kavragi o`simligi kesib tashlandi

'Qashqadaryoda Qizil kitobga kiritilgan 753 tup tojik kavragi o`simligi kesib tashlandi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumanida tuman Ekologiya bo`limi ishchi guruhi tomonidan tezkor reyd tadbiri o`tkazildi, deya xabar bermoqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi.

Reyd davomida «Sebatli» massivi hududida tadbirkorlik sub`ekti tomonidan 753 tup tojik kavragi o`simligiga zarar etkazilganligi, ildiz qismlari kavlanib, kesilganligi aniqlandi. Ma`lumot uchun, tojik kavragi O`zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

Holat natijasida o`simlik dunyosiga jami 372 million 735 ming so`m zarar etkazilgan.

Hozirda holat yuzasidan tegishli hujjatlar to`planib, prokuraturaga yuborildi.

    Boshqa yangiliklar