AsosiyJamiyat

Navoiyda 85 tonna ko`mirni o`zlashtirishga uringan ombor mudiri qo`lga tushdi

'Navoiyda 85 tonna ko`mirni o`zlashtirishga uringan ombor mudiri qo`lga tushdi'ning rasmi

Navoiy viloyatida 85 tonna ko`mirni soxta yuk xati bilan olib ketayotgan ombor mudiri ushlandi. Bu haqida Prokuratura departamenti xabar bermoqda. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda “Ko`mir ta`minot” AJning Navoiy filiali “Zarafshon” ko`mir omborxonasi mudiri F.O. (muqaddam sudlangan) o`zining moddiy javobgarligida bo`lgan Zarafshon shahridagi ijtimoiy soha tashkilotlari uchun ajratilgan 85 tonna ko`mirni sotish maqsadida soxta yuk xatlari orqali “Havo” rusumli yuk avtomashinalarida olib ketayotgan vaqtida Buxoro viloyati “Sarmijon” YPX maskanida to`xtatilib, ushbu ko`mir mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar