AsosiyJinoyat

Buxoroda hokim yordamchisiga jinoyat ishi ochildi

'Buxoroda hokim yordamchisiga jinoyat ishi ochildi'ning rasmi

Buxoroda imtiyozli kredit mablag`larini o`zlashtirishda gumon qilinayotgan mas`ul shaxsga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda "Xabar.uz"ga viloyat IIB axborot xizmati ma`lum qilgan.

Ta`kidlanishicha, Buxoro tumanidagi "Yangi turmush" mahallasida hokim yordamchisi vazifasida ishlab kelgan R.A. o`z mansab mavqeidan foydalangan holda fuqarolarning kredit mablag`larini o`zlashtirib kelgan.

U, jumladan, mahalla fuqarolari – G.J., U.S., B.S. va Sh.Q.larni xabardor qilmasdan, har birining nomiga 33 million so`mdan, jami 165 million so`m, 14 foizli imtiyozli kredit mablag`larini olishga erishgan.

R.A. go`yoki boshqa maqsadlarda soxta tavsiyanomalar va dalolatnomalar rasmiylashtirib, yuqoridagilarga tegishli ma`lumotlarni elektron bazaga kiritish yo`li bilan ATB «Agrobank» Buxoro tumani filialidan kredit mablag`larini olgan va o`zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibarlik) 4-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar