Bu haqda AOKAda bo`lib o`tgan brifingda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova ma`lum qildi.
tizimda 64 521 nafar davlat xizmatchilari ro`yxatdan o`tgan.
Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun 8 ta kompetensiyani o`z ichiga olgan bazaviy kompetensiyalar modeli ishlab chiqildi.
test.argos.uz tizimi orqali 56 mingdan ortiq davlat xizmatchilaridan psixologik testlar topshirdi;
1 100 nafar davlat xizmatchilari “ko`nikmalar pasporti” va
8 350 ta, shu jumladan, 406 nafar rahbarlar uchun psixologik portret shakllantirildi.
Davlat xizmatchilarining huquqlarini himoya qilish va ular uchun shart-sharoitlar yaratish masalasida 8 ta kompleks o`rganish va 558 ta monitoring o`tkazildi.
O`rganish natijalari bo`yicha 3828 ta qonunbuzilishlari aniqlanib,
492 ta taqdimnoma, 475 ta ogohlantirish xatlari kiritildi hamda 31 nafar aybdor shaxslarni ma`muriy javobgarlikka tortish yuzasidan vakolatli organlarga takliflar berildi.
Ko`rilgan choralar natijasida 430 nafar xodimlarning mehnatiga haq to`lashga oid buzilgan huquqlari tiklandi, 66 ta noqonuniy buyruqlar (ishga qabul qilish to`g`risidagi) bekor qilindi, 24 nafar aybdor shaxslar ma`muriy jarimaga tortildi, qonunbuzilish holatlari sabab 51 ta tanlov jarayonlari to`xtatildi.
Davlat fuqarolik xizmatida kadrlar bilan ishlash jarayonlarini raqamlashtirish yo`nalishida
“Davlat fuqarolik xizmati sohasida inson resurslarini boshqarish” “hrm.argos.uz” axborot tizimi joriy etildi.
Rahbarlari faoliyatining samaradorligini baholashning avtomatlashtirilgan axborot tizimi “samaradorlik.uz” sinov tariqasida ishga tushirildi.
Mahallalardagi hokim yordamchilari, yoshlar etakchilari va xotin-qizlar faollari orasidan yuqori natijalarga erishgan nomzodlarni tanlab olish bo`yicha “zaxira.argos.uz” manzilida maxsus platforma ishlab chiqildi.
Xalqaro hamkorlik yo`nalishida
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan xorijiy turdosh tashkilotlar bilan o`zaro hamkorlik asoslarini belgilaydigan 6 ta ikki va ko`p tomonlama hujjat va memorandumlar imzolandi. Shulardan 4 tasi oliy va yuqori darajadagi tashriflar doirasida imzolandi.