Londonning “Tottenxem” jamoasi Italiyaning “Lasio” klubi himoyachisi Jordan Lukakuni, ayni damda “Everton” sharafini himoya qilayotgan Romelu Lukakuning ukasini o`z safiga qo`shib olmoqchi. Bu haqda “Championat.com” xabar bermoqda.
“Shporlar” rahbariyati belgiyalik futbolchini himoya qizig`ini kuchaytirish maqsadida sotib olmoqchi. Kelishuv shartlari hozircha ma`lum qilinmagan.
22 yoshli futbolchi joriy mavsumda “Lasio”ning 4 o`yinida maydonga tushib, hozircha hech qanday samarali natija ko`rsatmadi.
Ma`lumot uchun, aka-ukalar Belgiyaning "Anderlex" jamoasida birgalikda to`p surgan. Endi ular bir-biriga qarshi to`p surishi mumkin.