Haj safarida bo`lib turgan Samarqand viloyati bosh imom xatibi Zayniddin domla Eshonqulovni Makka shahrida mashina urib ketdi. Bu haqda uning o`g`li xabar berdi.
“Otamni avtomashina turtib yubordi. Internet tarmoqlarida har xil bo`xton, bo`rttirilgan xabarlar tarqatilmoqda. Otamning ahvollari ancha yaxshi. Doimo suhbatlashib, muloqotda bo`lib turibmiz”, degan u.
Shuningdek, imomning o`g`li internet tarmoqlarida tarqayotgan xabarlar yolg`onligini aytgan.
“Ijtimoiy tarmoqlarda otam uchun pul yig`ilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda, ular yolg`on”, deydi imomning o`g`li.






