Ijtimoiy tarmoqlarda Prezident maktablariga kirish imtihonlarida Cambridge University Press&Assessment xalqaro ta`lim tashkiloti qatnashmasligi hamda birinchi bosqich imtihonlarida savollar takroriy qo`llanilgani haqida xabarlar tarqaldi. Cambridge University Press&Assessment xalqaro ta`lim tashkilotining ta`lim yo`nalishi bo`yicha bosh maslahatchisi Steve King tarqalgan xabarlarga munosabat berdi:
— Salom, men Cambridge Assessment xalqaro ta`lim tashkilotidan Steve Kingman.
O`zbekiston Prezident maktablariga qabul imtihonlari haqida gapirib o`tsam, 2019 yildan buyon va bu yil ham tashkilotimiz O`zbekiston Respublikasi Ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalari agentligi bilan birgalikda ishlab keladi hamda imtihon savollarini tayyorlash va o`quvchilarni saralashda, natijalarni e`lon qilishda ishtirok etadi.
Har yili O`zbekistonda minglab talabgorlar 14 ta hududdagi Prezident maktablariga kirish uchun bellashadilar.
Bu yilgi imtihonlarning 1-bosqichi uchun 8 ta turli xil variantlardagi savollar ishlab chiqildi. Bunda savollarning takrorlanmasligi va har smenada har xil savollardan foydalangan holda shaffoflikni ta`minlashga intildik.
Murojaatchilar bizdan bu yilgi Prezident maktablari qabul imtihonlariga bizning ishtirokimiz yo`qligi haqidagi xabarlarga oydinlik kiritishimizni so`rashdi. Bu xabarlar asossiz! Shuni ishontirib aytamanki, biz 2019 yildan beri jumladan bu yil ham Prezident maktablari qabul imtihonlarida qatnashmoqdamiz.
Bizning tashkilotimiz qabul imtihonlari bilan bog`liq hamkorlikdan mamnun va ishonamanki, O`zbekiston bilan hamkorligimiz uzoq yillar davom etadi.






