AsosiyJamiyat

Buxoroda ekologiya bo`limi xodimiga o`q uzgan brakonerga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Buxoroda ekologiya bo`limi xodimiga o`q uzgan brakonerga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Sal avval Buxoroda brakoner xizmat vazifasini olib borayotgan inspektorga o`q uzgani haqida xabar qilingan edi. 

Ayni paytda Bosh prokuratura holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi. 

"Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida 13 iyul kuni 2 nafar fuqarolar ov qilish qoidalarini qasddan buzib, O`zbekiston Qizil kitobiga qiritilgan “Jayron” kiyiklarini ovlayotgan vaqtida ularni to`xtatmoqchi bo`lgan ekologiya bo`limi xodimiga ov miltig`idan o`q uzib tan jarohati etkazganligi bo`yicha Qorovulbozor tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 202 (Hayvonot yoki o`simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish) va 219 (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko`rsatish) moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Jinoyat ishi tergovi ustidan prokuror nazorati o`rgatilgan", - deyiladi rasmiy xabarda. 

    Boshqa yangiliklar