AsosiyJamiyat

O`zbekistonda har o`ninchi bola to`yib ovqatlanmaydi

'O`zbekistonda har o`ninchi bola to`yib ovqatlanmaydi'ning rasmi

O`zbekistonda har o`n nafar boladan biri ovqatlanishdagi muammo sabab rivojlanishdan ortda qolgan. Mutaxassisga ko`ra, bu raqam butun O`zbekiston bo`yicha o`rtacha olingan. Viloyatlar o`rtasida farq ikki xonali raqamgacha etadi. Bu haqda Xalqaro oziq-ovqat siyosati ilmiy tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi Komiljon Akramov xabar berdi.

Mutaxassis oziq-ovqat xavfsizligi va O`zbekiston iqtisodiyoti bilan bog`liq masalalarga to`xtalib, O`zbekistondagi bolalarning 10,8 foizi rivojlanishdan ortda qolayotgani aytib o`tgan.

Komiljon Akramov ushbu so`zlariga misol o`laroq bugungi kunga kelib qozog`istonlik bolalarning bo`ylari o`zbekistonliklarnikidan biroz yuqori ekanligini aytib o`tgan. Uning ta`kidlashicha, SSSR paytida qozog`istonlik bolalarning bo`ylari o`zbekistonliklarga nisbatan past bo`lgan.

Mutaxassis bolalarning etarli va to`g`ri ovqatlanmagani uchun jismoniy rivojlanishdan ortda qolishini bo`y o`sishi va miya ishlashiga ta`siri borligini ma`lum qilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar