1

Istanbul Medipol universitetida Toshkent tibbiyot akademiyasi vakolatxonasi ochildi

Salomatlik 18.07.2023, 23:42
Istanbul Medipol universitetida Toshkent tibbiyot akademiyasi vakolatxonasi ochildi

Joriy yil 11-16 iyul kunlari Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori A. Shodmonov boshchiligidagi delegasiya Turkiyaning Istanbul Medipol universitetida bo`ldi.

Safar davomida oliy o`quv yurti rektori professor Omer Jeran bilan tibbiy ta`lim yo`nalishidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati atroflicha muhokama etildi.

Ma`lumot o`rnida, Toshkent tibbiyot akademiyasi va Istanbul Medipol universiteti o`rtasida 2022 yil hamkorlik o`rnatilib, 2023 yil memorandum imzolangan edi.

Buning davomi sifatida shu yil “Kattalarda va bolalarda bo`g`im kasalliklariga zamonaviy yondashuv” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o`tkazildi va unda ushbu oliy o`quv yurti klinikasidan bir guruh ortoped-shifokorlar ishtirok etdi. Tadbir so`ngida TTA qoshida mazkur universitet vakolatxonasi ochildi.

O`tkazilgan bu galgi uchrashuvda esa tibbiy ta`lim yo`nalishidagi o`zaro hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Yo`l xaritasi imzolandi.

Unga ko`ra, joriy yil yurtimizda bo`lib o`tadigan O`zbekiston – Turkiya xalqaro sog`liqni saqlash forumida ishtirok etish, pedagog xodimlar malakasini oshirish va talabalarning akademik mobilligini yo`lga qo`yishga kelishib olindi.

Muloqot yakunida Istanbul Medipol universiteti qoshida TTA vakolatxonasi ochilib, rektor A. Shodmonovga universitetning “Faxriy professor”i unvoni topshirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1