AsosiyJamiyat

To`rtta hududda valyutalarning noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

'To`rtta hududda valyutalarning noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan IIB va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug`ullanib kelgan D.A. (muqaddam JKning 177-moddasi bilan sudlangan) jami 4 700 AQSh dollarini fuqaro O.S.ga 54,7 mln so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Gurlan tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug`ullanib kelgan G`.A. jami 4 000 AQSh dollarini fuqaro U.A.dan 46,2 mln so`mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Yangiariq tuman bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, valyuta ayirboshlash bilan shug`ullanib kelgan S.S. jami 3 500 AQSh dollarini fuqaro R.M.ga 40,6 mln so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Qo`ng`irot tumani bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda esa, valyuta ayirboshlash bilan shug`ullanib kelgan B.A. (muqaddam JKning 177-moddasi bilan sudlangan) va A.D. jami 3 300 AQSh dollarini fuqaro S.A.dan 38,1 mln so`mga sotib olgan vaqtida ushlanib, ularning yonidan 250 AQSh dollari, 81 500 qozoq tengesi va 50,7 mln so`m ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o`tkazish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar