AsosiyJinoyat

Navoiyda inspeksiya boshlig`i qo`lga olindi

'Navoiyda inspeksiya boshlig`i qo`lga olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zarafshon shahar bo`limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazilgan. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar berdi.

Unda Zarafshon shahar tabiat resurslari inspeksiyasi boshlig`i vazifasini vaqtincha bajaruvchisi N.Ya. fuqarolar N.H va K.M.ni tanishlari yordamida tuman tibbiyot birlashmasi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo`limiga ishga joylashtirib qo`yish evaziga 2 500 AQSh dollarini olib, ushbu pullarni tanishi M.O.ga qoldirib, Zarafshon shahar 12-kichik tuman 51-uyning oldiga kelgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar