AsosiyJamiyat

Bruklindagi otishmada 15 yoshli o`zbekistonlik halok bo`ldi (video)

'Bruklindagi otishmada 15 yoshli o`zbekistonlik halok bo`ldi (video)'ning rasmi

 17 iyul kuni soat 13:00 atrofida etti nafar bola (ular orasida 15 yoshli o`zbekistonlik Foridun Mavlonov ham bo`lgan) boshqa bir guruh bolalar bilan ro`baro` kelgan. O`smirlardan biri boshqa bir bola bilan janjallashmoqchi bo`lgan. Bu ikki guruh talabalar Franklin Delano Ruzvelt o`rta maktabiga qatnagan va bir-birlarini tanigan. Bu haqda AQSh tergov organi ma`lumot bergan.

Polisiyaning ta`kidlashicha, ikki guruh a`zolari jismoniy tarafdan orani ochiq qilishga kelishib olgan. Har ikki guruh etib kelganida, ikkinchi guruh vakili, 17 yoshli yigit qurol chiqarib, ko`chaning narigi tomonidagi guruh tomon etti marta o`q uzgan. Faridun Mavlonov aniq mo`ljallangan nishon bo`lmagan, ammo unga ham o`q tekkan.

“Ayblanuvchi o`zi urush qilmoqchi bo`lgan bolani otib tashlamoqchi bo`lganmi yoki etti kishi uning oldiga kelayotganini ko`rib, bu guruh tomon o`q uzganmi, hozircha bilmaymiz”, – dedi Nyu-York polisiyasi detektiv bo`limi boshlig`i Jeyms Essig.

Mavlonov o`q uzilgan joydan yarim ko`cha narida hushidan ketgan. U og`ir ahvolda Maymoniddagi tibbiyot markaziga etkazilgan va 17 iyul, seshanba kuni vafot etgan.

Marhumning qarindoshlari o`zbekistonlik muhojir Firdavs Mavlonov (marhumning otasi) oilasiga tasalli berish uchun yig`ilishgan.

O`zbekistonning AQShdagi elchixonasi 15 yoshli Faridun Mavlonovning fojiali o`limidan chuqur qayg`uda ekanligi hamda uning oilasini qo`llab-quvvatlashga tayyorligini bildirgan. Ta`kidlanishicha, elchixona hamda Nyu-Yorkdagi Bosh konsullik mahalliy hokimiyat organlari bilan doimiy aloqada bo`lib turibdi.

    Boshqa yangiliklar