O`zbekistonda tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarining imtihonlari joriy yilning 25-26 iyul kunlari bo`lib o`tadi.
Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.
Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet” iga o`z ID raqamini kiritishi kerak.
Kirish imtihonlari bir bosqichda yo`nalishlar bo`yicha quyidagi tartibda o`tkaziladi:
Aniq fanlar yo`nalishi uchun:
-matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida)
-ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)
Tabiiy fanlar yo`nalishi uchun:
-tabiiy (sceince) fanlaridan 30 ta topshiriq (test shaklida)
-ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)
Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.
2023-2024 o`quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalari agentligi tizimidagi 3 ta Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablari:
— Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining – aniq fanlar yo`nalishi bo`yicha 5-sinfiga;
— Mirzo Ulug`bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining – aniq fanlar yo`nalishi bo`yicha 7-sinfiga;
— Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining – tabiiy fanlar yo`nalishi bo`yicha 7-sinfiga qabul qilinadi.