AsosiyJamiyat

Toshkentning 2 ta tumanida "svet" o`chdi

'Toshkentning 2 ta tumanida "svet" o`chdi'ning rasmi

Iste`molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi etkazib berilishini ta`minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko`rish maqsadida bugun, 20 iyul kuni Toshkentning 2 ta tumanida "svet" o`chiriladi.

Quyidagi manzillarda elektr ta`minoti vaqtincha o`chiriladi:

Olmazor tumani: «Sag`bon», «G`ani A`zamov», «Chimboy», «Guzarboshi», «Namuna» hamda «Oltinsoy» MFYlarining qisman hududlaridagi ayrim ko`chalarida soat 04:00 dan 12:00 gacha;

Chilonzor tumani: «Lutfiy» MFYning ayrim ko`chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

O`z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta`mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o`tamiz.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta`mirlash ishlari tufayli elektr ta`minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli etkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste`molchilardan uzr so`raydi.

    Boshqa yangiliklar