Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xatirchi tuman bo`limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda “P.N.” fermer xo`jaligi rahbari N.P. xo`jalikning 1,4 gektar sug`oriladigan er maydonini fuqaro Sh.Sh.ga go`yoki tuman qishloq xo`jaligi bo`limida ishlovchi tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 200 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Guliston tuman bo`limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro T.E. o`ziga sabzavotchilik yo`nalishida fermer xo`jaligi tashkil etish uchun ajratilgan 5,8 gektar sug`oriladigan er maydonini fuqaro B.D.ga 16 500 AQSh dollariga sotishga kelishib, tanishlari yordamida rasmiylashtirib berishni va`da qilib, oldindan 9 900 AQSh dollari va 1,15 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-6-moddasi (sug`oriladigan er uchastkasiga yoki uning bir qismiga bo`lgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda o`zga shaxsga berish) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
20.07.2023 05:18
Xatirchi va Gulistonda er maydonlarini noqonuniy sotayotganlar ushlandi






