Xitoyda bo`lib turgan Qashqadaryoviloyati hokimi Murotjon Azimov boshchiligidagi delegasiya a`zolari XXRning "CAMC Engineering" kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o`tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo".
Viloyat hokimligi axborot xizmati ma`lumotiga ko`ra, uchrashuvda «CAMC Engineering» kompaniyasi bilan hamkorlikda Qashqadaryo viloyatida amalga oshirilayotgan investisiya loyihalari yanada jadallashtirish va yangi loyihalarni hayotga tadbiq etish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yiliga 200 ming xorijiy sayyohga xizmat ko`rsatadigan «Qaynar» turistik-rekreasion zonasini tashkil etish, jumladan, hududning xalqaro darajadagi master-rejasini ishlab chiqish to`g`risida kelishib oldilar.
Shuningdek, mazkur hududda 15 million dollar to`g`ridan-to`g`ri investisiyalar kiritish asosida zamonaviy osma dor yo`lini qurish bo`yicha kelishuv hujjati imzolandi.






