AsosiyDunyo

Yuzlab iroqliklar Shvesiyaning Bag`doddagi elchixonasiga o`t qo`ydi (video)

'Yuzlab iroqliklar Shvesiyaning Bag`doddagi elchixonasiga o`t qo`ydi (video)'ning rasmi

20 iyulga o`tar kechasi yuzlab iroqliklar Shvesiyaning Bag`doddagi elchixonasiga bostirib kirib, binoga o`t qo`yishdi.

Ma`lum qilinishicha, elchixona xodimlari jabrlanmagan. Shvesiya polisiyasi Stokgolmda Qur`on yoqish bilan miting o`tkazishga ruxsat berganidan keyin namoyishchilar diplomatik missiya binosiga bostirib kirishdi. Namoyishchilarning xatti-harakatlari ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari tomonidan qoralangan.

Iroq polisiyasi namoyishchilarni tarqatib yuborish uchun suv purkagichlar va shovqinli miltiqlardan foydalangan, deya xabar beradi AFP.

Namoyishni Iroqning nufuzli ulamosi Muqtada as-Sadr tarafdorlari uyushtirgan. Bu Shvesiya polisiyasi Iroqning Stokgolmdagi elchixonasi yaqinida Qur`on yoqib yuborilgan aksiya o`tkazishga ruxsat berganidan keyin sodir bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar