AsosiyJamiyat

Sirdaryoda o`zining iti tishlab, quturish tashxisi qo`yilgan 64 yoshli erkak vafot etdi

'Sirdaryoda o`zining iti tishlab, quturish tashxisi qo`yilgan 64 yoshli erkak vafot etdi'ning rasmi

Sirdaryoda shifoxonaga quturish tashxisi bilan olib kelingan fuqaro vafot etdi. Bu haqda "darakchi.uz" manbasi xabar qilmoqda. 

Ma`lum bo`lishicha, 64 yoshli S.A.ni o`zining iti joriy yilning fevral oyida tishlab, qochib ketadi, ammo fuqaro tibbiyot mussasalariga it tishlagani to`g`risida murojaat kilmagan. Kecha, 18 iyul kuni S.A.da qon bosimi klinik belgilari paydo bulganidan keyin, RShTYoM Sirdaryo viloyati filialiga murojaat kilib, bemorga birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatilgan va klinik belgilarga asosan bemor quturish kasalligiga gumon qilinib Sirdaryo viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yuborilgan. Olib borilgan muolajalarga qaramasdan bemorda biologik o`lim qayd etilgan.

Mazkur xolat yuzasidan tegishli vakolatli idora va xizmatlar tomonidan epidemiologik surishtiruv va profilaktik tadbirlar tashkil etilgan.

    Boshqa yangiliklar