AsosiyJamiyat

Keyingi haftada O`zbekistonga issiq havo kirib keladi

'Keyingi haftada O`zbekistonga issiq havo kirib keladi'ning rasmi

Joriy yilning 24-27 iyul kunlari O`zbekiston hududiga issiq havo kirib keladi. Bu haqda O`zgidromet bosh direktori Sherzodxo`ja Habibullaev o`zining  Facebook sahifasida xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha:

  • 24-25 iyulda Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida 41-42 daraja;
  • 24-27 iyulda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 42-44 daraja;
  • 25-27 iyulda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg`ona vodiysida 41-42 darajagacha harorat ko`tariladi.

24-26 iyul kunlari shimoliy, janubiy va cho`l hududlarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha, ba`zi joylarda 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi kutilyapti.

    Boshqa yangiliklar