Ijtimoiy tarmoqlarda Yozuvchilar uyushmasining Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan Do`rmon ijod uyi buzib tashlanayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati holat yuzasidan rasmiy munosabat bilan chiqdi.
"Kechadan beri ijtimoiy tarmoqlarda Do`rmon ijod uyi buzilayotgani, u erda yashab turgan adiblar mehmonxona va kottejlardan chiqarilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Hatto “Do`rmonni saqlab qolaylik”, degan iddaoli postlar ham yozildi. Vaholanki, bu erda ijod uyi buzilayotgani yo`q, aksincha maskan yanada ko`proq ijodkorlarga xizmat qilishi uchun kengaytirilmoqda. Ushbu kengaytirish ishlari yakunlangach, ulug` ustozlar ijod qilgan bu go`shada adabiy davralar o`tkazish, xorijiy mehmonlarni kutib olish va ular bilan ijodiy muloqot qilish, hozirgidan ko`ra uyushmaning ikki-uch baravar a`zolari ijod qilish va dam olish imkoniyati yaratiladi",–deyiladi xabarda.






