Joriy yilning 6 oyi davomida Samarqand viloyati hududida jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar, yo`l qo`yilgan xato va kamchiliklar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo`lgangi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag`ishlangan tanqidiy yig`ilish bo`lib o`tdi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati Darakchi.uz'ga ma`lum qildi.
Yig`ilishda 2023 yilning 6 oyi davomida viloyat hududida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, jamoat tartibini saqlash va yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash borasida amalga oshirilgan ishlar hamda yo`l qo`yilgan kamchiliklar, shaxsiy tarkib tomonidan xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etilishining ahvoli hamda bu borada yo`l qo`yilayotgan kamchiliklar muhokama qilindi.
2023 yilning 6 oyi mobaynida viloyat hududida 3926 ta jinoyatlar sodir etilgan. IIB xodimlari tomonidan giyohvandlik bilan bog`liq 430 ta holatlar aniqlanib, 56 kg. 295 gr. giyohvand moddalari rasmiylashtirib olingan.
Viloyatda 2023 yil 30 mart kungi “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish mehanizmlarini belgilash to`g`risidagi Qo`shma qaror talablari asosida chora-tadbirlar belgilanib, amalga oshirilib kelinishi natijasida, og`ir tan jarohati etkazish, talonchilik, avtoulov olib qochish hamda bosqinchilik jinoyatlari oshishiga yo`l qo`yilmagan.
Shuningdek,
– qotillik Bulung`ur, Jomboy, Narpay, Nurobod, Payariq, Paxtachi va Qo`shrabot tumanlarida,
– og`ir tan jarohati etkazish Paxtachi, Toyloq va Qo`shrabot tumanlarida,
– nomusga tegish Kattaqo`rg`on shahri, Narpay, Payariq, Samarqand va Qo`shrabot tumanlarida,
– talonchilik Kattaqo`rg`on shahri, Bulung`ur, Jomboy, Ishtixon, Kattaqo`rg`on, Narpay, Nurobod, Oqdaryo, Payariq, Pastdarg`om va Qo`shrabot tumanlarida,
– bezorilik Nurobod va Toyloq tumanlarida sodir etilishiga yo`l qo`yilmagan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida umumiy jinoyatlarning 91,9 foizi (3926 tadan 3607 tasi) fosh etilib, 231 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlangan.
Viloyat hududida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish bo`yicha hamkor tashkilotlar bilan birgalikda joriy yilning
25 fevral kunidan 25 mart kuniga qadar “Havfsiz hudud”, “Nazorat” va “Jamaot xavfsizligi oyligi” tezkor profilaktik tadbirlari o`tkazildi.
Oila-turmush munosabatlari doirasidagi huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida 21 169 ta nizoli oilalar o`rganib chiqilib,
18 727 tasining nizolari bartaraf etildi. Mazkur oilalarda yashovchi 37 nafar xotin-qizlarga ximoya orderi berildi.
Shuningdek, oila-turmush munosabatlari doirasidagi huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida tazyiq va zo`ravonlikdan jabrlangan 977 nafar xotin-qizlarga himoya orderlari berilishi ta`minlandi.
Bundan tashqari, ma`muriy nazorat qonuni ta`siri ostiga tushuvchi 718 nafar ilgari sudlanganlardan 548 nafariga 76,3 foiziga ma`muriy nazorat o`rnatildi.
Joriy yilning 6 oyi davomida 3 164 ta jinoyat ishlari bo`yicha tergov harakatlari olib borilgan bo`lib, jabrlanuvchilarga etkazilgan zarardan 83 mlrd. 248 mln. so`mi undirib berilgan.






