AsosiyJamiyat

Professional ta`lim muassasalarida o`quvchilar o`qishini ko`chirish uchun arizalar qabuli boshlandi

'Professional ta`lim muassasalarida o`quvchilar o`qishini ko`chirish uchun arizalar qabuli boshlandi'ning rasmi

Respublikadagi professional ta`lim muassasalarida o`quvchilar o`qishini ko`chirish uchun arizalar qabuli boshlandi

Professional ta`lim muassasalari (Adliya vazirligining yuridik texnikumlaridan tashqari) o`quvchilarning o`qishini ko`chirish yuzasidan arizalar joriy yilning 20 iyulidan 10 avgustiga qadar o`quvchi tahsil olayotgan professional ta`lim muassasalarining o`zida qabul qilinadi.

O`qishni boshqa ta`lim muassasalariga ko`chirish yuzasidan berilgan arizalar qabul qiluvchi ta`lim muassasasi bo`ysunuvchi tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan joriy yilning 15 avgust kunidan boshlab ko`rib chiqiladi.

Davlat granti asosida ta`lim olayotgan o`quvchilar o`qishini ko`chirish yoki qayta tiklashda ularga davlat granti asosida ta`limni davom ettirish imkoniyati beriladi.

    Boshqa yangiliklar