Toshkent viloyatida quduqqa tushgan 3 nafar fuqaro vafot etdi. Bu haqda "darakchi.uz" manbasi xabar bermoqda.
Ma`lum bo`lishicha, kecha, 20 iyul kuni kunduzi Nurafshon shahar "Tuytepa" MFYda oqava suvlari quvurlari uchun qazilgan quduqqa ishlash uchun tushgan "Toshkent kommunal qurilish servis" MChJda yollanma ishchi bo`lib ishlagan 4 nafar fuqaroda "noma`lum etiologiyali" zaharlanish kuzatilgan. Ishchilarning 3 nafari ko`rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan voqea joyida vafot etgan. Yana bir ishchi shahar tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Vafot etganlar 57, 56 va 23 yoshli fuqarolar bo`lib, ularning barchasi Sirdaryo viloyatidan.
Hozirda holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






