AsosiyJamiyat

Qozog`iston oktyabrdan Rossiya gazini O`zbekistonga etkazishni boshlaydi

'Qozog`iston oktyabrdan Rossiya gazini O`zbekistonga etkazishni boshlaydi'ning rasmi

Qozog`istonning QazaqGaz kompaniyasi 2023 yil oktyabr oyidan boshlab "Markaziy Osiyo – Markaz" quvuri orqali Rossiya gazini O`zbekistonga tranzit qilishni rejalashtirmoqda, deya xabar qildi kompaniya matbuot xizmatiga tayanib, Kazinform nashri.

Kompaniya rahbari Sanjar Jarkeshov 20 iyul kuni Atirau viloyatiga borib, gaz quvurining Qozog`istondan o`tuvchi qismida olib borilayotgan tayyorgarlik ishlarini ko`zdan kechirdi.

Iyun oyida Rossiyaning Gazprom kompaniyasi va QazaqGaz Rossiya tabiiy gazini Qozog`iston orqali O`zbekiston iste`molchilari uchun tashish bo`yicha xizmatlar ko`rsatish haqida shartnoma imzolagan edi.

Shuningdek, 19 iyun kuni O`zbekiston Energetika vazirligi Rossiya oktyabr oyidan O`zbekistonga kuniga 9 million kub metr gaz eksport qilishni boshlashini ma`lum qildi. Yillik hajm taxminan 2,8 milliard kubometrni tashkil qiladi. Rossiya energetika vaziri Nikolay Shulginov 9-iyun kuni Rossiya, Qozog`iston va O`zbekiston o`rtasida "gaz ittifoqi"ni tashkil qilish bo`yicha muhokamalar davom etayotganini aytgandi. Jumladan, yil boshida Gazprom, Qozog`iston va O`zbekiston tomonidan imzolangan ikkita «yo`l xaritasi» asosida ish olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar