Missuri Universiteti talabasi Begim Tohirjonova yaqinda AQSh shaxmat federasiyasi tomonidan 2023 yilning eng yaxshi ayol shaxmatchisi deb topildi. Bu haqda universitetning rasmiy veb-saytida xabar berildi.
Begim Tohirjonova asli o`zbekistonlik bo`lib, u xalqaro grossmeyster hisoblanadi. Shuningdek, Tohirjonova 2019 yilda tashkil etilgan Mizzou Chess jamoasi a`zosi hamdir. Begim biznes boshqaruvi yo`nalishida menejmentga urg`u berib, tadbirkorlik va innovasiyalar bo`yicha kichik kursni tamomlamoqda va global biznes sertifikatiga ega.
21.07.2023 13:05
O`zbekistonlik xalqaro grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova AQShda eng yaxshi ayol shaxmatchi deb topildi
