Surxondaryo viloyati Denov tumani fermer xo`jaliklariga er uchastkalarini berish masalalarini ko`rib chiquvchi komissiya tomonidan qonunbuzilish holati aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, "Qoraxon" mahallasida joylashgan I-XII asrlarga oid "Markaztepa" arxeologiya yodgorligi (0,21 ga) qonunchilik talablariga zid ravishda bog`dorchilik uchun fuqaro M.A.ga berilgan.
Natijada, fuqaro M.A. tomonidan ushbu tarixiy yodgorlikning 630 m3 hajmdagi hududi buzib tashlangan.
Ta`kidlanishicha, ob`ektga juda ko`p miqdorda 13 mlrd so`m zarar etkazilgan.
Tekshirish natijasiga ko`ra, tegishli mansabdor shaxslar va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.






