AsosiyJamiyat

Quyi Chirchiqda ish haqini vaqtida ololmagan chopiqchilar klaster bilan janjallashdi (video)

'Quyi Chirchiqda ish haqini vaqtida ololmagan chopiqchilar klaster bilan janjallashdi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Quyi Chirchiqda chopiqchilarga uch oydan buyon ish haqlari berimayotgani sababli ishchilar haqini talab qilib, norozilik bildirishgani aks etgan video tarqaldi.

Tuman hokimligi  Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, 2023 yil 5 iyulda MChJni dala ishchilari va idora xodimlari o`rtasida tushunmovchilik bo`lgan. Sababi, 2023 yilning may oyliklari korxonaning qiyin iqtisodiy ahvolda qolganligi uchun ayrim ishchilarga ish haqlari kechikkan.  

Ayni paytda muammolar bartaraf qilingan. 2023 yilning may oyi ish haqlari ishchi xodimlarga to`liq to`lab berilgan. Hokimlik iyun oyi ish haqlari 2023 yil 25 iyulga qadar to`lab berilishini kafolatlamoqda.   

 

    Boshqa yangiliklar