AsosiyDunyo

Putinning ashaddiy tanqidchisi Igor Strelkov Moskvada hibsga olindi

'Putinning ashaddiy tanqidchisi Igor Strelkov Moskvada hibsga olindi'ning rasmi

 Moskvada huquq-tartibot idoralari xodimlari Donesk xalq respublikasi (DXR) qo`shinlariga rahbarlik qilgan Igor Strelkovni hibsga oldi. Bu haqda RBK xabar berdi.

Qayd etilishicha, Igor Strelkovning hibsga olinganini uning advokati Aleksandr Moloxov ham tasdiqlagan. Ma`lumotlarga ko`ra, uni bugun, 21 iyul kuni tushga yaqin uyidan olib ketishgan. Hozirda Tergov qo`mitasi xodimlari uning yashash joyida tintuv o`tkazayotgani aytilmoqda.

Tergovni Federal xavfsizlik xizmati olib boradi. Ayblanuvchining advokati Aleksandr Moloxov  hozirda Strelkovning qaerdaligini qidirmoqda. U Rossiya Federasiyasi Tergov qo`mitasiga ketayotganini qayd etdi.

Strelkovning Telegram’ida uning rafiqasi Miroslava Reginskayaning xabari paydo bo`ldi. Uning so`zlariga ko`ra, u Tergov qo`mitasi vakillari kelganida uyda bo`lmagan.

“Do`stlarim orqali erimga nisbatan Jinoyat kodeksining 282-moddasi (ekstremizm) bo`yicha ayblov qo`yilganini bildim”, — deydi Strelkovning rafiqasi.

2022 yil fevral oyidan beri  Strelkov urush hududiga borishga tayyorligini bir necha bor e`lon qilgan, shu bilan birga, mamlakat rahbariyati va Mudofaa vazirligi, Bosh shtab rahbari Valeriy Gerasimov va ”Vagner” asoschisi Evgeniy Prigojinni tanqid qilgan.

Strelkov Gaaga tuman sudi tomonidan sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. U 2014 yil avgustida Malayziyaning Boeing halokatida aybdor deb topilgandi. Strelkov sud majlislarida qatnashmagan va o`z aybini qat`iyan rad etgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar