AsosiySalomatlik
11969

Xurrakdan xalos bo`lishning 9 chorasi

  • Xurrak organizmda mavjud o`zgarishlardan darak bo`lishi mumkin. Biroq bu haqda xurrak otayotgan kishini ishontirishga urinmang. Chunki mavjud jarayon odamning o`ziga bilinmaydi.
  • Orom olayotganda yon tarafda uxlashga harakat qiling. Tekis holatda uxlaganda nafas olish maromi buziladi. Bu esa xurrak paydo bo`lishiga moyillik yaratadi.
  • Uxlashdan oldin 1 stakan yangi chiqarilgan karam sharbatiga 1 choy qoshiq asal aralashtirib, iching. Bu sabzavot sharbati oјiz bo`shliјiga ijobiy ta`sir etib, so`lak ajralishini me`yorlashtiradi.  Muolajani 10 kun davomida bajarish mumkin.
  • Imkon qadar bahavo xonada uxlang. Dim va havo namligi me`yorida bo`lmasa, nafas olish bilan boјliq muammolar yuzaga keladi.
  • Yotoqxonani xona gullari bilan bezating. O`simliklar havoni tozalash xususiyatiga ega bo`lib, uyqu holatiga ham ijobiy ta`sir etadi.
  • 2-3 tomchi zaytun yoјini burunga tomizib uxlash ham xurrak otishning oldini oladi. Ayniqsa, burni bitib qoladiganlar uchun bu ayni muddao.
  • Kechqurun to`yib ovqatlanmang. Oshqozon to`lib tursa, diafragma qiyshayishi mumkin. Bu esa nafas olish me`yoriga ta`sir etadi.
  • Uyqu oldidan ko`p suyuqlik ichmang. Birinchidan, ortiqcha suyuqlik behalovat qilsa, ikkinchidan, organizm uyqu holatiga moslasha olmaydi.
  •  Ma`lumotlarga ko`ra, spirtli ichimlik va tamaki mahsulotlari ham xurrakni yuzaga keltirishi mumkin.

Boshqa yangiliklar