AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Olmazor tumanidagi Xastimom mahallasida bo`ldi

'Shavkat Mirziyoev Olmazor tumanidagi Xastimom mahallasida bo`ldi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev Toshkent shahri Olmazor tumanidagi Xastimom mahallasida bo`ldi.

Bu erda 1 ming 500 nafardan ziyod aholi yashaydi. Ularning ko`pchiligi hunarmandchilik va savdo bilan shug`ullanadi.

Davlatimiz rahbari xonadonlardagi sharoitlarni kirib ko`rdi, aholi vakillari bilan suhbatlashdi. Nuroniylar mahalladagi turmush tarzi, yoshlarning kasb-kori haqida so`zlab berishdi. Yurtimizga tinchlik-osoyishtalik, xonadonlarga fayzu baraka tilab duo qilindi.

Ma`lumki, mamlakatimizning barcha hududlarida “Obod mahalla”, “Obod qishloq” dasturlari amalga oshirilmoqda. Yo`llar, muhandislik tarmoqlari ta`mirlanib, xonadonlarga fayz kirmoqda. Bu mahallani ham “Obod xonadon” dasturi asosida yaxshilash ko`zda tutilmoqda.

– Har bir insonga munosib sharoit yaratish maqsadimiz va burchimiz, – dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari uylarda tashkil etilgan hunarmandlik ustaxonalari va mahalladagi kichik ko`rgazmani ko`zdan kechirdi. O`zini o`zi band qilishni kengaytirish, turistlar uchun savdo va xizmatlarni yo`lga qo`yish bo`yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

    Boshqa yangiliklar