AsosiyDunyo

Rossiyaning Volgograd shahrida o`zbekistonlik migrantlar Ukrainadagi urushga chaqirilmoqda

'Rossiyaning Volgograd shahrida o`zbekistonlik migrantlar Ukrainadagi urushga chaqirilmoqda'ning rasmi

Rossiyaning Volgograd shahrida o`zbekistonlik migrantlar Ukrainadagi urushga chaqirila boshlandi. Bu haqda v1.ru xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, bir vaqtning o`zida bir nechta Volgograd avtobuslarida Rossiya Qurolli kuchlariga xizmatga qabul qilish to`g`risidagi e`lonlar paydo bo`lgan. Ayni damda 21 va 35-avtobus yo`nalishlarida tashviqot e`lonlari kuzatilgan. Jamoat transporti oynasiga yopishtirilgan A4 formatdagi oq va qora varaqlarda harbiy shartnoma shartlari yozilgan.

Oyiga 200 ming rubl (taxminan ikki ming dollardan oshadi) va`da qilingan daromaddan tashqari, xizmatga borishni istaganlar Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olishi eslatib o`tiladi. Biroq yo`lovchilar e`tiborini yuqori maosh emas, balki chaqiruvning o`ng tomonida o`zbekcha nusxasi berilgani e`tiborni tortgan.

Ruscha va o`zbekcha matnlar miqdori teng bo`lishiga qaramay, chaqiruv matnida bir nafar harbiy xizmatchi aks etgan. U slavyan millatiga mansub. Konduktorlar e`lonlarning kelib chiqishi haqidagi savollarga javob bera olmagan.

“Biz bu haqda bilmaymiz. Kechasi reklama yopishtirishadi. Bu plakatlar ikki haftadan beri turibdi”, — deydi transport kompaniyasi xodimlari.

Ochiq manbalarga ko`ra, 21-sonli avtobus yo`nalishi “Volgograd avtobus parki” MChJ tomonidan amalga oshiriladi.

Sirli varaqalar haqidagi savolni eshitgan kompaniya xodimlari darhol muxbirlarni ma`lum bir “VEST-SERVIS” MChJga yo`naltirgan. E`lonlar qaerdan paydo bo`lgani haqidagi savolga Volgograd punkti oydinlik kiritgan.

“Bu avtobuslardan xorij fuqarolari foydalanadi. Bu reklama ular uchun. Reklamani joylashtirdik va o`zbek tilidan boshlashga qaror qildik. Kelgusida tashviqot ishlarini boshqa tillarda: tojik, qozoq va hokazolarda olib borish rejalashtirilgan. Hozircha bunday e`lonlarni avtobuslardan boshqa joyga qo`yish buyrug`i bo`lmagan”, — deyiladi munosabatda.

    Boshqa yangiliklar