AsosiyJamiyat

Pilla qurti urug`ini ishlab chiqaruvchilarga subsidiya beriladi

'Pilla qurti urug`ini ishlab chiqaruvchilarga subsidiya beriladi'ning rasmi

Hukumat qarori bilan Pillani qayta ishlash va pilla qurti urug`ini ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan pilla boquvchilarga etkazib berilgan ipak qurti urug`i uchun subsidiya ajratish tartibi to`g`risida nizom tasdiqlandi
- Nizomga ko`ra, 2026 yil 1 yanvargacha har yili pillani qayta ishlash va pilla qurti urug`ini ishlab chiqaruvchi korxonalarga ular tomonidan pilla boquvchilarga etkazib berilgan har bir quti ipak qurti urug`i uchun 120 ming so`m miqdorida subsidiya ajratiladi.

Shunga ko`ra:
- birinchi va ikkinchi mavsum uchun subsidiya oluvchilarning manzilli ro`yxati shakllantiriladi (20 maygacha);
- uchinchi va to`rtinchi mavsum uchun Manzilli ro`yxat imzolanib, tasdiqlangan holda Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo`mitasiga taqdim etiladi (20 avgustgacha);
- Qo`mita subsidiyalar berish uchun ajratiladigan mablag`larni subsidiya oluvchining bank hisobvarag`iga o`tkazib beradi (10 ish kunida).

 

    Boshqa yangiliklar