AsosiyDunyo

Janubiy Afrika hukumati agar Putin mamlakatga tashrif buyursa, uni hibsga olishga rozi bo`ldi

'Janubiy Afrika hukumati agar Putin mamlakatga tashrif buyursa, uni hibsga olishga rozi bo`ldi'ning rasmi

Janubiy Afrika Adliya vazirligi davlat prokuraturasi direktori Shamila Batoxidan Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olish uchun order berishni so`radi. Bu haqda mahalliy  News24 nashri Pretoriya sudi bayonotiga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, so`rov 17-iyul kuni, Janubiy Afrika xalqaro aloqalar departamenti ukrainalik bolalarni Rossiyaga noqonuniy deportasiya qilishda ayblanayotgan Putinni hibsga olish uchun Xalqaro jinoiy sud (XJS) orderini mamlakat Adliya vazirligiga topshirganidan ikki oy o`tib yuborilgan.

Prokuratura hukumatni Putin avgust oyida Yoxannesburgda bo`lib o`tadigan BRICS sammitiga kelsa, uni hibsga olishga ko`ndirish uchun sudga murojaat qilgan. 19 iyul kuni Janubiy Afrika rasmiylari Rossiya prezidenti sammitda qatnashmasligini e`lon qilganidan so`ng, muxolifatdagi “Demokratik alyans” suddan Putinni mamlakatga kelgan istalgan vaqtda hibsga olishga buyruq berishni so`radi. Hukumat esa bu talabga rozi bo`ldi.

 

    Boshqa yangiliklar