O`tgan haftada Singapurning Korrupsiyaga qarshi xizmati transport vaziri S.Isvaran va milliarder va Bir nechta mehmonxonalar egasi Ong Beng Sengni hibsga oldi. Ikkalasi 2008 yilgi Singapur Gran-prisini o`tkazishda muhim rol o`ynagan. Natijada, tergov jarayonida Isvarandan vazirlikdan ketishi so`ralgan.
Reuters agentligining qayd etishicha, 61 yoshli Isvaran hukumatga 2006 yilda qo`shilgan va 2021 yil may oyida transport vaziri bo`lishdan oldin savdo va aloqa vaziri lavozimida ishlagan.
Qayd etish joizki, hibsga olinganlar haqida bor-yo`g`i uch kundan keyin ma`lum bo`ldi, voqea aslida qanday sodir bo`lgan, ish tafsilotlari oshkor etilmagan. Ikkala shaxs ham ayblanmagan va hozirda garovda.
Shuningdek, dushanba kuni mamlakat bosh vaziri lavozimiga potensial nomzod sifatida ko`rib chiqilayotgan 54 yoshli parlament spikeri Tan Chuan-szin va uning hamkasbi 47 yoshli Cheng Li Xuey «noto`g`ri munosabatlari» tufayli parlament va hukmron partiyadan iste`foga chiqqani xabar qilingandi. Ma`lumki, janob Tan uylangan, lekin Cheng xonim turmushga chiqmagan.






