22 iyul kuni soat 12:50 larda Namangan viloyati Namangan shahar hududidan oqib o`tuvchi "Shimoliy Farg`ona" kanaliga ikkita Damas avtomobili tushib ketdi. Bu haqda FVV xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, voqea joyiga Namangan viloyati FVB qutqaruv otryadi xodimlari etib borib, maxsus texnika yordamida kanaldan avtomobilni olib chiqayotgan vaqtda yana bir Damas avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo`qotib, ushbu kanalga tushib ketgan.
Qayd etilishicha, birinchi avtomobil salonida yo`lovchilar bo`lmagan. Ikkinchi avtomobil salonida esa 5 nafar yo`lovchi bo`lgan.
"FVV qutqaruvchilari darhol ikkinchi avtomobil salonidan yo`lovchilarni qutqarib, hayotlarini saqlab qolgan. Bir nafar fuqaro shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi", — deyiladi xabarda.
Hodisa oqibatida halok bo`lganlar yo`q. Holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi rasmiy xabarda.






